AsosiyJAMIYAT

Endi Fransiya turistik vizasi uchun sana qidirish shart emas

1 iyuldan boshlab Toshkentdagi viza markazi Fransiyaga qisqa muddatli turistik vizalar uchun yangi navbat tizimiga o‘tadi.

'Endi Fransiya turistik vizasi uchun sana qidirish shart emas'ning rasmi

Endi ariza beruvchilar hujjat topshirish uchun bo‘sh sanani o‘zlari qidirib o‘tirmaydi. Ro‘yxatdan o‘tib, arizasi tekshirilgandan so‘ng, tizim bo‘sh joy paydo bo‘lishi bilan qabul vaqtini avtomatik tarzda belgilaydi.

Yangi tartib faqat 90 kungacha bo‘lgan "Turizm" toifasidagi vizalar uchun amal qiladi. Fransiya vizalarining boshqa turlari bo‘yicha esa avvalgi yozilish tartibi saqlanib qoladi.

Qabulga yozilish uchun ariza beruvchi TLScontact saytida ro‘yxatdan o‘tib, ariza ma’lumotlarini to‘ldirishi kerak. Hujjatlar tekshirilgach, ariza elektron navbatga qo‘yiladi va bu haqda elektron pochta orqali xabar yuboriladi. Navbat yetganda esa qabul sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xat yuboriladi.

TLScontact ma’lum qilishicha, bildirishnoma kelganidan keyin ariza beruvchi 24 soat ichida servis to‘lovini amalga oshirib, yozilgan vaqtni tasdiqlashi shart. Aks holda, qabul navbati bekor qilinishi mumkin.

Viza markazi ta’kidlashicha, yangi tizim firibgarlar va vositachi agentliklar faoliyatining oldini olish, shuningdek, barcha fuqarolar uchun vizaga yozilish imkoniyatini teng va adolatli qilish maqsadida joriy etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Endi Fransiya turistik vizasi uchun sana qidirish shart emas - Darakchi.uz