AsosiySIYOSAT

Saida Mirziyoyeva jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida so‘nggi yillarda O‘zbekiston media sohasi professional jihatdan sezilarli darajada rivojlanganini bildirdi.

'Saida Mirziyoyeva jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabrikladi'ning rasmi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlarni tabrikladi.

U o'z tabrigida so'nggi yillarda O'zbekiston media sohasi professional jihatdan sezilarli darajada rivojlanganini, dolzarb muammolar ochiq muhokama qilinayotgani va jurnalistlar so'zi davlat idoralari qarorlariga tobora kuchli ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidladi.

Prezident Administratsiyasi rahbari “Men har biringizni eshitaman”, dedi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva jurnalistlarning qat'iyati, halolligi va fidoyiligi jamiyatdagi ijobiy o'zgarishlarga xizmat qilayotganini qayd etib, ularga mustahkam sog'liq, baxt va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

    Boshqa yangiliklar

    Saida Mirziyoyeva jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabrikladi - Darakchi.uz