AsosiyDUNYO

Yevropa Ittifoqi Venesuelaga favqulodda gumanitar yordam koʻrsatdi

Venesuelada sodir bo'lgan vayronkor zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish uchun 5 million yevro ajratdi.

'Yevropa Ittifoqi Venesuelaga favqulodda gumanitar yordam koʻrsatdi'ning rasmi

Evropa Ittifoqi Venesuelada sodir bo'lgan vayronkor zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish uchun 5 million yevro miqdorida favqulodda gumanitar yordam ajratdi. Bu haqda EI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili Kaya Kallas ma'lumotlariga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi Fuqarolik himoyasi mexanizmini ishga tushirib, bir qator a'zo davlatlar orqali qidiruv-qutqaruv guruhlari, o't o'chiruvchilar hamda tibbiyot xodimlari Venesuelaga jo'natilgan.

Shuningdek, yordam dasturi doirasida jabrlangan hududlarda qutqaruv ishlarini tezlashtirish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish hamda zarur gumanitar ehtiyojlarni qoplash ko'zda tutilgan.

EI vakili Kaya Kallas Venesuela vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges bilan o'tkazilgan muloqotdan so'ng zilzila qurbonlarining yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi va Yevropa Ittifoqi Venesuela xalqi bilan birdam ekanini ta'kidladi.

Shuningdek, EI hududdagi tiklanish ishlari davomida ham qo'shimcha ko'mak ko'rsatishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

    Boshqa yangiliklar

    Yevropa Ittifoqi Venesuelaga favqulodda gumanitar yordam koʻrsatdi - Darakchi.uz