O'zbekistonda 2026 yil may oyi yakunlariga ko'ra, bank tizimidagi muammoli kreditlar hajmi 1,7 trillion so'mga (7,7 foiz) oshgan. Bu haqda
Markaziy bank ma'lum qilishicha,1 iyun holatiga ko'ra, mamlakatda qaytarilmayotgan kreditlarning umumiy miqdori 23,6 trillion so'mdan oshgan. Taqqoslash uchun, 1 may kuni bu ko'rsatkich 21,9 trillion so'mni tashkil etgan edi.
Muammoli kreditlarning 16,7 trillion so'mi davlat banklari hissasiga to'g'ri keladi. Bu bir oy avvalgi ko'rsatkichga nisbatan 1,6 trillion so'mga ko'p. Qolgan 6,9 trillion so'm esa xususiy banklar ulushiga to'g'ri kelib, bir oy ichida 100 milliard so'mga oshgan.
Eng yirik muammoli kreditlar davlat banklarida qayd etilgan. Jumladan, Milliybank 3,54 trillion so'm bilan birinchi o'rinda turibdi. Keyingi o'rinlarda Agrobank (3,1 trillion), O'sqbank (2,1 trillion), Asakbank (1,94 trillion), Mikrokreditbank (1,78 trillion), Xalqbank (1,75 trillion) va Biznesbank (1,1 trillion) qayd etilgan.
Xususiy banklar orasida eng katta muammoli kreditlar Kapitalbank (1,3 trillion so'm) hissasiga to'g'ri kelgan. Keyingi o'rinda esa Ipotekabank (1 trillion so'mdan ortiq) qayd etilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yil yakunida muammoli kreditlar hajmi 18,05 trillion so'mgacha qisqargan bo'lsa-da, joriy yil davomida qayta o'sish kuzatilmoqda. Yanvarda 19,3 trillion, fevralda 20,2 trillion, martda 19,86 trillion so'mni tashkil etgan. Aprel oyida esa qarz hajmi yana oshgan.
Umumiy hisobda, so'nggi besh yil ichida mamlakatda muammoli kreditlar hajmi sezilarli darajada o'sgan. 2021 yil boshida 5,8 trillion so'm bo'lgan ko'rsatkich keyingi yillarda bir necha barobar oshgan.






