AsosiyJAMIYAT

Buxoroda kanalda cho‘milgan 17 yoshli yigit halok bo‘ldi

Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

'Buxoroda kanalda cho‘milgan 17 yoshli yigit halok bo‘ldi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Kogon tumanida 17 yoshli yigit Shohrud kanalida cho'milish vaqtida suvga cho'kib ketdi. 

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qilishicha, 2026 yil 27 iyun kuni soat 14:50 da "112" tizimi orqali Kogon tumani "Sorg'un" MFY hududidan oqib o'tuvchi Shohrud kanalida 2009 yilda tug'ilgan fuqaro suvga cho'kib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Ma'lum qilinishicha, hodisa kengligi 18–20 metr, chuqurligi esa 7–8 metr bo'lgan kanalda sodir bo'lgan.

Fuqaroni qidirib topish maqsadida Buxoro viloyati FVB qutqaruvchilari hamda mahalliy aholi ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan.

Qidiruv ishlari natijasida yigitning jasadi 2026 yil 28 iyun kuni soat 16:40 da topilib, suvdan olib chiqilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar