Turkiyaning Shanliurfa viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz kishi jarohatlandi.
Hodisa Siverek tumani hududidan o‘tuvchi Shanliurfa–Siverek avtomobil yo‘lining 15-kilometrida sodir bo‘lgan. Ali A. boshqaruvidagi mikroavtobus Shanliurfa o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga qarashli, Murat O‘. boshqaruvidagi yong‘in o‘chirish avtomobili bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida yong‘in o‘chirish avtomobili haydovchisi hamda mikroavtobusda bo‘lgan yana yetti nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olgan.
Hodisa joyiga sog‘liqni saqlash, jandarmariya va politsiya xodimlari jalb etilgan. Jabrlanganlar tez yordam avtomobillarida Siverek davlat shifoxonasiga olib borilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlarning hayoti xavf ostida emas.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.






