AsosiyDUNYO

“Manchester City”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Enzo Maresca joriy yilning yanvar oyida Londonning “Chelsi” klubini tark etganidan buyon erkin agent maqomida edi.

'“Manchester City”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi.'ning rasmi

Angliyaning “Manchester City” klubi italiyalik mutaxassis Enzo Mareskani jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlaganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘rtasida 2029 yilning yoziga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasi imzolangan.

Enzo Mareska joriy yilning yanvar oyida Londonning “Chelsea” klubini tark etganidan buyon erkin agent maqomida edi.

Italiyalik mutaxassis uchun “Manchester City” begona jamoa emas. U 2022–2023 yillarda Pep Guardiolaning murabbiylar shtabi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Mareska avvalroq klubning akademiyasi va yoshlar jamoalarida ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 22 may kuni “Manchester City” Pep Guardiolaning 2025–2026 yilgi mavsum yakunidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etishini rasman ma’lum qilgan edi. Ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar tuzilgan bo‘lishiga qaramay, u klubni muddatidan avval tark etishga qaror qilgan.

    Boshqa yangiliklar