Qozog‘iston Prezidenti nomidan mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari – Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva taniqli shaxmatchi Bibisara Asaubayevaga davlat mukofotini topshirdi.
Grossmeyster II darajali "Baris" ordeni bilan taqdirlandi.
Marosimda so‘zga chiqqan Aida Balayeva Bibisara Asaubayevaning mamlakatda shaxmat sport turini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni ommalashtirish hamda Qozog‘istonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashdagi xizmatlarini alohida ta’kidladi.
Bibisara Asaubayeva Qozog‘istonning eng mashhur va sovrindor shaxmatchilaridan biri hisoblanadi. U uch karra jahon blits chempioni, shaxmat tarixidagi eng yosh blits bo‘yicha jahon chempioni sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.
Shuningdek, u yaqinda Norvegiyada o‘tkazilgan nufuzli "Norway Chess" superturnirida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.






