AsosiyDUNYO

To‘qayev: Bugun Qozog‘iston tarixida yangi davr boshlanmoqda

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat fuqarolarini yangi Konstitutsiya kuchga kirgani munosabati bilan tabriklab, bu voqeani mamlakat tarixidagi yangi bosqich deb atadi.

'To‘qayev: Bugun Qozog‘iston tarixida yangi davr boshlanmoqda'ning rasmi

Davlat rahbarining ta'kidlashicha, 2026 yil 1 iyuldan boshlab Qozog‘iston suveren tarixi uchun yangi davrga qadam qo‘ymoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat siyosiy va iqtisodiy islohotlar, barqaror taraqqiyot yo‘lidan izchil harakat qiladi.

To‘qaev 15 mart kuni o‘tkazilgan umummilliy referendumda xalq mamlakat kelajagini belgilab beruvchi tarixiy tanlovni amalga oshirganini eslatdi. U yangi Konstitutsiyaga tayanib, Qozog‘iston o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsadlarga erishishi hamda teng imkoniyatlar tamoyiliga asoslangan adolatli davlatni barpo etishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun — 2026 yil 1 iyul kuni Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi rasman kuchga kirdi. Shu munosabat bilan amaldagi Parlament vakolatlari tugatildi. Avgust oyida esa yangi bir palatali Qurultoyga saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar

    To‘qayev: Bugun Qozog‘iston tarixida yangi davr boshlanmoqda - Darakchi.uz