AsosiyJAMIYAT

Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilingani aytilmoqda

Hozircha ushbu holat yuzasidan bog‘cha ma’muriyati yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rasmiy munosabat bildirmagan.

'Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilingani aytilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan "Rayan Kids" xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyachi tomonidan bolalarga nisbatan zo'ravonlik qilingani haqidagi holatlar keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Bu haqda Kun.uz e'lon qilgan videolavhalarda ma'lum qilindi.

E'lon qilingan kuzatuv kameralari tasvirlarida tarbiyachi yig'layotgan bolani tinchlantirish bahonasida uning og'ziga latta bo'lagini tiqqani aks etgan. Yana bir videoda esa ayni shu tarbiyachining bolaning og'ziga barmog'ini tiqqani ko'rinadi.

Shuningdek, boshqa videoda tarbiyachi yig'layotgan bolaning boshini ko'ksiga qattiq bosib turgani tasvirlangan. Bolalarning ota-onalari ushbu harakatlarni bolaga nisbatan shafqatsiz munosabat sifatida baholamoqda.

Jabrlangan bolalardan birining otasiga ko'ra, bog'chada kuzatuv kameralari qamrab olmaydigan joylar ham mavjud bo'lib, tarbiyachilar xarxasha qilgan bolalarni aynan o'sha erga olib kirib jazolagani aytilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, mazkur bog'chada ishlagan tarbiyachilardan biri bundan ikki oy avval ham bolaga yengil tan jarohati yetkazgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

    Boshqa yangiliklar