AsosiySIYOSAT

O'zbekiston Milliy simfonik orkestri Versal qirollik operasida "Tamerlano" operasini ijro etdi

Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi.

'O'zbekiston Milliy simfonik orkestri Versal qirollik operasida "Tamerlano" operasini ijro etdi'ning rasmi

O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri buyuk nemis bastakori Georg Fridrix Gendelning "Tamerlano" operasini Fransiya poytaxti Parijdagi Versal saroyining Qirollik operasi sahnasida ijro etdi.

Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

"Ushbu asar O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri tomonidan Yevropaning eng nufuzli sahnalaridan biri — Versal saroyining Qirollik operasida ijro etildi", deb yozdi u.

Saida Mirziyoyeva mazkur konsertda ishtirok etar ekan, iqtidorli musiqachilarning jonli ijrosidan yuksak taassurot olganini qayd etdi.

Uning ta’kidlashicha, madaniy diplomatiya turli xalqlar va madaniyatlarni birlashtirishga qodir bo‘lgan eng ta’sirchan vositalardan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar