AsosiyJAMIYAT

Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi

83 va 199-sonli avtobuslar harakati esa vaqtincha Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti” bekatigacha qisqartirilgan.

'Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Mustaqillik ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari munosabati bilan bir qator avtobus yo‘nalishlarining harakat tartibi vaqtincha o‘zgartirildi.

Ma’lum qilinishicha, cheklov 2026 yil 1 iyul soat 22:00 dan 12 iyul soat 06:00 gacha amal qiladi. Shu vaqt davomida Mustaqillik ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtotransport vositalari harakati uchun yopilgan.

Shu munosabat bilan 17, 24 va 60-sonli avtobuslar Mirzo Ulug‘bek, Parkent, Kichik halqa yo‘li, Katta Darxon, Oqqo‘rg‘on va Mustaqillik ko‘chalari orqali harakatlanadi.

83 va 199-sonli avtobuslar harakati esa vaqtincha Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti” bekatigacha qisqartirilgan.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi hamda “Ekskavator zavodi” bekatlariga borish uchun yo‘lovchilarga 17, 24 yoki 60-sonli avtobuslardan foydalanish tavsiya etilgan.

Mas’ullar ta’mirlash ishlari davomida yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi, shu bois avtobuslar harakati jadvaldan kechikishi ehtimoli borligini bildirgan. Zaruriyatga qarab yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar ham kiritilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar