O'zbekistonda aholining 12,4 foizi, ya'ni 4,8 million nafarga yaqini ko'p qavatli uylardagi xonalarda istiqomat qiladi. Bu haqda Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olishning dastlabki natijalarida ma'lum qilindi.
Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakat aholisining asosiy qismi — 33,3 million nafar yoki 85,3 foizi shaxsiy yakka tartibdagi hovlilarda yashaydi.
Shuningdek, 927,3 ming nafar aholi, ya'ni 2,3 foiz fuqaro boshqa turdagi turar joylarda istiqomat qiladi. Ular qatoriga dala hovlilari, yotoqxonalar, mehmonxonalar hamda boshqa yashash joylari kiradi.
Shunday qilib, aholi ro'yxatining dastlabki natijalariga ko'ra, O'zbekistonda ko'pchilik fuqarolar hanuz yakka tartibdagi hovlilarda yashamoqda.






