Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi munosabati bilan Tbilisi shahridagi teleminora O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglarida yoritildi.
Bu orqali Gruziya tomoni O‘zbekiston xalqiga bo‘lgan hurmat va e’tiborini ifoda etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze teleminora fonida birgalikda suratga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni davlat tashrifi bilan Gruziyaga bordi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar hamda qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.






