AsosiyDUNYO

AKShda kuchli bo'ron oqibatida Jeneva ko'lida qayiq ag'darildi

AQShda kuchli bo'ron vaqtida qayiq ag'darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo'ldi, 7 kishi esa qutqarib qolindi.

'AKShda kuchli bo'ron oqibatida Jeneva ko'lida qayiq ag'darildi'ning rasmi

AQShning Viskonsin shtatidagi Jeneva ko'lida kuchli bo'ron vaqtida qayiq ag'darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo'ldi, 7 kishi esa qutqarib qolindi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Associated Press ma'lum qilinishicha, hodisa Janubiy Viskonsin hududidan o'tgan kuchli bo'ron vaqtida sodir bo'lgan. Uolvort okrugi sherif o'rinbosari Tom Hausnerning aytishicha, bo'ron daraxtlarni qulatib, elektr uzatish tarmoqlari va binolarga jiddiy zarar yetkazgan.

Oqibatda hudud bo'ylab ko'plab jarohatlanish holatlari qayd etilgan, qutqaruv xizmatlariga esa uylarda qolib ketgan fuqarolar va talofatlar haqida yuzlab murojaatlar kelib tushgan. Biroq yo'llarga qulagan daraxtlar va uzilgan elektr simlari qutqaruv ishlarini qiyinlashtirgan.

Leyk Jeneva shahri meri Todd Krauze favqulodda holat e'lon qilgan. Uning ma'lum qilishicha, ayrim hududlarda elektr ta'minoti uzilgan, bir kishi esa engil tan jarohati olgan.

Halok bo'lganlar va qutqarilganlarning shaxsi hozircha oshkor etilmagan.

    Boshqa yangiliklar