AsosiyJINOYAT

Ikki hududda 5 kg dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi

Surxondaryoda 2,5 kg opiy, Toshkentda 3 kg ko‘knori bosib olindi.

'Ikki hududda 5 kg dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi.

Surxondaryoda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda Chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda “o‘zbek-afg‘on” davlat chegarasining Termiz tumani hududida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 2 kg 562 gramm opiy moddasi aniqlandi.

Toshkent shahrida esa “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Chilonzor tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan shaxsning xonadonidan 2 kg 930 gramm ko‘knori boshoklari olib qo‘yildi.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, giyohvand moddalarning manbasi va ularga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Ikki hududda 5 kg dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi - Darakchi.uz