AsosiyJAMIYAT

O‘zbekiston oliy ta’limida 20 dan ortiq yangi yo‘nalish joriy etildi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

'O‘zbekiston oliy ta’limida 20 dan ortiq yangi yo‘nalish joriy etildi'ning rasmi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida 20 dan ortiq yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazir buyrug‘i bilan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hamda hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat bosqichida: ekologiya va atrof-muhit, yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi, qayta tiklanuvchi energiya, suv resurslarini boshqarish, mobil robototexnika, dronlar, barqaror qishloq xo‘jaligi, ekoturizm va temir yo‘l muhandisligi kabi zamonaviy yo‘nalishlar ochildi.

Shuningdek, magistratura bosqichida: xalqaro energetik siyosat, xalqaro suv diplomatiyasi, siklik (sirkulyar) iqtisodiyot, barqaror moliya, rivojlanish iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, xalqaro savdo huquqi, shaharlik, barqaror turizm va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Bundan tashqari, klassifikatorda ayrim o‘zgarishlar ham amalga oshirilgan: 760-pozitsiya “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlangan, 766-pozitsiya “Davlat va harbiy boshqaruv” sifatida tasdiqlangan, 799-pozitsiya esa ro‘yxatdan chiqarilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu o‘zgarishlarning asosiy maqsadi — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.

    Boshqa yangiliklar

    O‘zbekiston oliy ta’limida 20 dan ortiq yangi yo‘nalish joriy etildi - Darakchi.uz