AsosiyDUNYO

Konstantinovka kimning nazoratida?

Rossiya va Ukraina o'rtasida Konstantinovka atrofidagi bayonotlar keskinlashdi.

'Konstantinovka kimning nazoratida?'ning rasmi

Rossiya Mudofaa vazirligi prezident Vladimir Putinga rus qo'shinlari Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatida joylashgan Konstantinovka shahrini nazoratga olgani haqida ma'lum qilgan.

Biroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu da'volarni rad etib, shahar hanuz Ukraina nazoratida ekanini bildirgan. U, shuningdek, Putinni Konstantinovkaga kelib, urushni tugatish bo'yicha muzokara o'tkazishga chaqirgan.

4 iyul kuni harbiylar bilan uchrashuvda Putin Rossiya bo'linmalari Konstantinovka ustidan nazorat o'rnatganini aytgan. Uning so'zlariga ko'ra, bu shaharni egallash Slavyansk–Kramatorsk–Konstantinovka yo'nalishidagi mustahkam mudofaa hududini yorib o'tishning birinchi bosqichi bo'lgan.

Zelenskiy esa bu bayonotni “yolg'on” deb atab, agar shahar Rossiya nazoratida bo'lsa, Putin o'sha yerda uchrashuv o'tkazishga jur'at eta olishini ta'kidlagan.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ham Konstantinovka Ukraina kuchlari tomonidan nazorat qilinayotganini ma'lum qilgan. Bosh shtabga ko'ra, shahardagi vaziyat murakkab bo'lib qolmoqda, Rossiya qo'shinlari esa hujum harakatlarini davom ettirmoqda.

Shuningdek, Rossiya bo'linmalari kichik piyoda guruhlari orqali Ukraina mudofaa chizig'iga kirib borishga urinayotgani, bu esa dronlar keng qo'llanilayotgan zamonaviy jang maydonining asosiy taktikalairdan biri ekani aytilgan.

    Boshqa yangiliklar

    Konstantinovka kimning nazoratida? - Darakchi.uz