AsosiyJAMIYAT

Xorijga ish va o‘qishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Koreya hamda Kanadaga ishga yuborishni va'da qilib, jami 4 945 dollar olgan shaxslar aniqlandi.

'Xorijga ish va o‘qishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Koreya va Kanadaga ishga yoki o'qishga yuborishni va'da qilib, fuqarolarning pullarini o'zlashtirgan bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi.

Toshkent viloyatida o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam sudlangan M.A. ikki nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va'da qilib, ulardan 12 ming dollar olgani aniqlangan.

Quvasoy shahrida esa D.R. bir fuqaroni Koreyadagi oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kiritish va viza rasmiylashtirib berishni va'da qilib, 11 ming dollarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan. Ushbu mablag'ning 200 dollari protsessual tartibda qaytarilgan.

Paxtaobod tumanida muqaddam sudlangan X.M. ikki nafar fuqaroni Kanada va Koreyaga yuborish uchun hujjatlarini tayyorlab berishni va'da qilib, jami 4 945 dollar olgani ma'lum bo'lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

So'nggi oylarda Koreyaga ishga yoki o'qishga yuborish bilan bog'liq firibgarlik holatlari ko'paygani kuzatilmoqda. Avvalroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xususiy bandlik agentliklarining sobiq xodimlari ishtirok etgan yirik korrupsion sxemani fosh qilgan edi.

Shuningdek, Jizzax, Qashqadaryo va Farg'ona viloyatlarida ham fuqarolarni Koreyaga yuborishni va'da qilib pul olgan shaxslar qo'lga olingan. Turli holatlarda o'nlab o'zbekistonliklar firibgarlarning qurboniga aylangani ma'lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar

    Xorijga ish va o‘qishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi - Darakchi.uz