AsosiyDUNYO

Putin va Trump telefonda bir yarim soatga yaqin suhbatlashdi.

Qo‘ng‘iroq AQSh tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

'Putin va Trump telefonda bir yarim soatga yaqin suhbatlashdi.'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp 4 iyul kuni telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida Ukraina va Eron atrofidagi vaziyat, shuningdek, Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning istiqbollari muhokama qilindi.

Kreml matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot 1 soat 25 daqiqa davom etgan. Qo‘ng‘iroq AQSh tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, suhbatda Donald Tramp Ukrainadagi harbiy harakatlarni tezroq to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyorligini bildirgan. Shu maqsadda AQShning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Moskva bilan muloqotni davom ettirishga tayyor ekani qayd etilgan.

Putin esa Rossiya mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini, ammo bunda Moskvaning asosiy talab va yondashuvlari inobatga olinishi lozimligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u frontdagi vaziyat haqida ma’lumot berib, Rossiya qo‘shinlari yangi aholi punktlarini nazoratga olayotganini aytgan.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar ham muhokama qilindi. Tomonlar harbiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidladi. Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Tramp ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq yakunlash zarurligini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar