AsosiyDUNYO

Venesuelada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni qariyb 3 ming kishiga yetdi.

Mutaxassislar ta'kidlashicha, qutqarib qolish uchun eng muhim davr odatda dastlabki 72 soat hisoblanadi.

'Venesuelada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni qariyb 3 ming kishiga yetdi.'ning rasmi

Venesuelada 25 iyunga o'tar kechasi sodir bo'lgan ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo'lganlar soni qariyb 3 ming kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Xorxe Rodriges ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, tabiiy ofat oqibatida kamida 2 954 kishi halok bo'lgan, yana 16 592 nafardan ortiq odam turli darajada jarohat olgan.

Zilzilalar sodir bo'lganiga o'n kun bo'lganiga qaramay, minglab insonlar hanuz bedarak deb hisoblanmoqda. Xalqaro qutqaruv guruhlari esa vayronalar orasidagi qidiruv-qutqaruv ishlarini bosqichma-bosqich yakunlamoqda.

AFP ma'lumotiga ko'ra, bunday ofatlarda vayronalar ostida qolganlarni tirik holda qutqarib qolish uchun eng muhim davr odatda dastlabki 72 soat hisoblanadi.

Guvohlarning aytishicha, zilziladan keyingi ilk soatlarda qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar mahalliy aholi yaqinlarini qidirish uchun vayronalarni o'z kuchlari bilan tozalashga majbur bo'lgan.

    Boshqa yangiliklar

    Venesuelada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni qariyb 3 ming kishiga yetdi. - Darakchi.uz