AsosiyJAMIYAT

Tramp Infantinodan Balogun diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so'ragani aytildi

Tramp o‘tgan hafta Infantinoga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur masalani shaxsan muhokama qilgan.

'Tramp Infantinodan Balogun diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so'ragani aytildi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinodan AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga nisbatan qo‘llangan diskvalifikatsiyani bekor qilishni shaxsan so‘ragan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Tramp o‘tgan hafta Infantinoga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur masalani shaxsan muhokama qilgan.

Avvalroq FIFA Intizom qo‘mitasi Balogunning diskvalifikatsiyasini to‘xtatib turgani va unga Jahon chempionati 1/8 finalida Belgiyaga qarshi maydonga tushishga ruxsat bergani ma’lum qilingan edi. Shundan so‘ng Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida FIFAGA minnatdorlik bildirib, tashkilot "to‘g‘ri qaror qabul qildi va katta xatoni tuzatdi", deb yozdi.

Folarin Balogun Jahon chempionati 1/16 finalida Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda raqibi Tariq Muhamemovichga nisbatan qo‘pol harakat qilgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Amaldagi qoidalarga muvofiq, u keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, AQSh va Belgiya o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bahsi 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

    Boshqa yangiliklar

    Tramp Infantinodan Balogun diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so'ragani aytildi - Darakchi.uz