AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va uzoq umr tilagan.

'Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va uzoq umr tilagan.

Shuningdek, Prezident Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘iston davlatchiligini shakllantirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etgan.

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlik bugungi kunda izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar