AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda necha million kishi pensiya oladi?

2021 yilda respublikada 3 million 713,1 ming nafar pensiya oluvchi qayd etilgan bo‘lsa, 2022 yilda ularning soni 3 million 896,9 ming nafarga yetgan.

'O‘zbekistonda necha million kishi pensiya oladi?'ning rasmi

O'zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4,4 million nafardan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo'mitasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 2025 yil yakuniga ko'ra, mamlakatda pensiya oluvchilarning umumiy soni 4 million 433 ming nafarni tashkil etgan. Bu 2024 yilga nisbatan 186,6 ming nafarga yoki 4,4 foizga ko'pdir.

So'nggi besh yilda mazkur ko'rsatkich izchil o'sish dinamikasini namoyon etgan. Xususan, 2021 yilda respublikada 3 million 713,1 ming nafar pensiya oluvchi qayd etilgan bo'lsa, 2022 yilda ularning soni 3 million 896,9 ming nafarga etgan.

2023 yilda pensiya oluvchilar soni 4 million 66,2 ming nafarni tashkil qilgan. 2024 yilda bu ko'rsatkich 4 million 246,4 ming nafarga, 2025 yilda esa 4 million 433 ming nafarga etgan.

Shu tariqa, bir yil ichida pensiya oluvchilar soni qariyb 187 ming nafarga ko'paygan.

    Boshqa yangiliklar