AsosiyJAMIYAT

Navoiyda noqonuniy oltin qazishga tushgan 3 kishi qutqarib qolindi

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelgunga qadar mahalliy aholi va haligi fuqaro chuqurlikda qolganlardan birini olib chiqqan.

'Navoiyda noqonuniy oltin qazishga tushgan 3 kishi qutqarib qolindi'ning rasmi

Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda oltin qazishga uringan 3 nafar fuqaro qazilgan chuqurlikda tuproq ostida qolib ketdi. Ularning barchasi qutqaruvchilar va mahalliy aholi sa'y-harakatlari bilan tirik holda olib chiqildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, hodisa bugun, 7 iyul kuni soat 04:22 larda Xatirchi tumanidagi "Angidon" mahallasiga qarashli Quvray qishlog'i tog' hududida sodir bo'lgan.

Unga ko'ra, 4 nafar fuqaro noqonuniy ravishda oltin qazib olish maqsadida kon hududiga borgan. Ularning 3 nafari noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketib, tuproq ostida qolgan. Tashqarida qolgan to'rtinchi shaxs zudlik bilan atrofdagilar va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar bergan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelgunga qadar mahalliy aholi va haligi fuqaro chuqurlikda qolganlardan birini olib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari esa hodisa joyiga tezkor yetib borib, tuproq ostida qolgan yana ikki nafar fuqaroni qutqarib olgan.

Qutqarilgan fuqarolarga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatilib, keyinchalik tegishli tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar