Bugun, 7 iyul kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida kuchli shamol esishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kunduzi shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda esa chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida ham shamol tezligi sekundiga 10–12 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Shuningdek, poytaxtning ayrim hududlarida chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Shu munosabat bilan aholiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish, ayniqsa, nafas yo‘llari kasalliklaridan aziyat chekuvchilarga zaruratsiz hollarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya etilmoqda.






