AsosiyJAMIYAT

Farg'onada shag'al uyumiga yashirilgan qariyb 6 kg "gashish" aniqlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi va 273-moddasi beshinchi qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

'Farg'onada shag'al uyumiga yashirilgan qariyb 6 kg "gashish" aniqlandi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatida qarib 6 kilogramm "gashish" giyohvandlik vositasining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unday Farg‘ona shahridagi "Beshbola" mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan ayol kelgusida sotish maqsadida 5 kilogramm 936 gramm "gashish" giyohvandlik vositasini mayda shag‘al uyumi ichiga yashirib qo‘ygani aniqlangan. Mazkur modda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, ushbu ayol muqaddam ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan bo‘lgan. Biroq u bundan tegishli xulosa chiqarmagan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi va 273-moddasi beshinchi qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, gumonlanuvchining ehtimoliy sheriklarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar