AsosiyJAMIYAT

Toshkentda ayolni ishtonsiz quvlagan erkakka hukm o‘qildi

Sud qaroriga muvofiq, u Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41¹-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik — shahvoniy shilqimlik qilishda aybdor deb topilgan.

'Toshkentda ayolni ishtonsiz quvlagan erkakka hukm o‘qildi'ning rasmi

Toshkent shahrida yerosti yo‘lagida ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, uni ishtonsiz holda quvlagan erkakka nisbatan sud hukmi chiqarildi. Darakchi.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyul kuni soat 11:00 atrofida 31 yoshli erkak Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasidagi 53-uy oldida joylashgan yerosti yo‘lagida ayolning yo‘lini to‘sgan. Shundan so‘ng u jabrlanuvchiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan, ishtonini yechgan holda uni quvlagan.

Sud majlisida huquqbuzar o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. U sodir etgan qilmishidan pushaymon ekanini, kelgusida bunday harakatlarni takrorlamasligini bildirib, suddan yengillik berishni so‘ragan.

Sud qaroriga muvofiq, u Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41¹-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik — shahvoniy shilqimlik qilishda aybdor deb topilgan.

Unga nisbatan mazkur modda asosida 5 sutka muddatga ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkentda ayolni ishtonsiz quvlagan erkakka hukm o‘qildi - Darakchi.uz