AsosiyDUNYO

Zelenskiy ajrashuv haqidagi mish-mishlar ortidan rafiqasi bilan jamoatchilikka chiqdi

Vladimir va Yelena Zelenskiylar Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mezbонlik qilgan tadbirda boshqa davlat va hukumat rahbarlari hamda ularning turmush o‘rtoqlari bilan birga ishtirok etdi.

'Zelenskiy ajrashuv haqidagi mish-mishlar ortidan rafiqasi bilan jamoatchilikka chiqdi'ning rasmi

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan ajrashayotgani haqida turli xabarlar tarqalgan edi. Biroq 7 iyul kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida o'tgan NATO sammiti doirasidagi rasmiy kechki qabul marosimida prezident turmush o'rtog'i bilan birga jamoatchilik oldida ko'rinish berdi.

Vladimir va Yelena Zelenskiylar Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an mezbonlik qilgan tadbirda boshqa davlat va hukumat rahbarlari hamda ularning turmush o'rtoqlari bilan birga ishtirok etdi. Marosim davomida juftlik rasmiy fotosuratga ham tushdi.

Xalqaro OAV Yelena Zelenskayaning tadbir uchun tanlagan qora rangli klassik kostyum-shimini sodda, zamonaviy va minimalist uslub namunasi sifatida baholadi.

Eslatib o'tamiz, joriy yil may oyida Rossiyaning RIA Novosti agentligi huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbalariga tayanib, Vladimir Zelenskiy rafiqasi bilan ajrashishga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Nashrning da'vosiga ko'ra, Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi "Dinastiya" turar joy majmuasi qurilishi va noqonuniy mablag'larni legallashtirishga oid audioyozuvlarni e'lon qilgan. Unda mazkur majmuadagi to'rtinchi kottej Yelena Zelenskaya uchun ajrashuv oldidan kompensatsiya sifatida ajratilgani haqida iddaolar keltirilgan. Shuningdek, audioyozuvlarda tilga olingan "Vova" ismi Vladimir Zelenskiyga ishora qilishi aytilgan.

Biroq ushbu da'volar Ukraina rasmiylari tomonidan tasdiqlanmagan.

NATO sammiti doirasida Vladimir Zelenskiy va Yelena Zelenskayaning birgalikda ishtirok etishi ijtimoiy tarmoqlar hamda xalqaro axborot maydonida ajrashuv haqidagi mish-mishlarni yana muhokamalar markaziga olib chiqdi.

    Boshqa yangiliklar