AsosiyJAMIYAT

Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya xodimi ham kanalda halok bo'ldi

Hozirda ushbu fojia yuzasidan tegishli idoralar tomonidan holatning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

'Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya xodimi ham kanalda halok bo'ldi'ning rasmi

Toshkent shahrida kanalga tushib ketgan ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiyaning 21 yoshli harbiy xizmatchisi ham suvga cho‘kib halok bo‘ldi. 

Ma’lum qilinishicha, fojia "Xotira xiyoboni" yodgorlik majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda kuchli suv oqimi ayolni kanal bo‘ylab oqizib ketayotganini payqagan.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchilardan biri ayolni qutqarish maqsadida suvga sakragan. Biroq kuchli oqim tufayli uni qirg‘oqqa olib chiqishning imkoni bo‘lmagan. Oqibatda ayol ham, uni qutqarishga uringan harbiy xizmatchi ham suvda g‘arq bo‘lgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida harbiy xizmatchining jasadi topilgan.

"Millar" dasturining ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan harbiy xizmatchi 21 yoshda bo‘lgan. Yaqin kunlarda uning nikoh to‘yi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Hozirda ushbu fojia yuzasidan tegishli idoralar tomonidan holatning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya xodimi ham kanalda halok bo'ldi - Darakchi.uz