AsosiyJAMIYAT

Minskda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Rasmiy suratga tushish marosimidan keyin Prezidentlar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

'Minskda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi'ning rasmi

Belarus poytaxti Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda saroy oldidagi maydonda O‘zbekiston va Belarus davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasman kutib oldi.

Shundan so‘ng ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashdi.

Rasmiy suratga tushish marosimidan keyin Prezidentlar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasiga yetib borgani va tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar