AsosiyJAMIYAT

Qashqadaryoda suv nasoslari orqali 4,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

'Qashqadaryoda suv nasoslari orqali 4,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulash orqali 4 milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi shtab ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, nazorat tadbiri Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida o‘tkazilgan. Unda “U. M.” fermer xo‘jaligiga tegishli suv nasoslari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qonunbuzarlik oqibatida 1 milliard 841 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, Koson tumanida fuqaro M. Sh.ga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qonunbuzarlik holati fosh etilgan.

Mutasadirlarning ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha davlat manfaatlariga yetkazilgan dastlabki zarar miqdori 2 milliard 428 million so‘mni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar