AsosiyJAMIYAT

Zulayho Mahkamova Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Zulayho Mahkamova 1968 yil 29 avgust kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

'Zulayho Mahkamova Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Darakchi.uz'ning Hukumatdagi manbasi xabar berdi.

Zulayho Mahkamova 1968 yil 29 avgust kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

U mehnat faoliyati davomida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Xususan, 2011–2017 yillarda Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017–2018 yillarda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari hamda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

2018 yil 24 apreldan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Mahkamova 2020 yil 4 mart kuni To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan. Shu tariqa u O‘zbekiston tarixidagi beshinchi ayol hokimga aylangan.

2022 yil 1 martdan buyon esa qayta tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Uning o‘rniga Dilnoza Sobirjonovna Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar

    Zulayho Mahkamova Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi - Darakchi.uz