AsosiyJAMIYAT

Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi

Mazkur tayinlov munosabati bilan u O‘zbekiston Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

'Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidentining 10 iyul kuni imzolagan tegishli farmoni bilan Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlov munosabati bilan u O‘zbekiston Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Shu bilan birga, Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi.

Ma’lumot uchun, Sardor Umurzoqov 2025 yil iyul oyidan buyon Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Unga qadar esa Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar

    Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi - Darakchi.uz