AsosiyJAMIYAT

Treker ostida qolgan 6 yoshli bola halok bo'ldi

Hodisa oqibatida bola olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

'Treker ostida qolgan 6 yoshli bola halok bo'ldi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda "Millar" xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, hodisa 1 iyul kuni sodir bo‘lgan. Kuzatuv kamerasi tasvirlarida bola to‘xtab turgan Cobalt avtomobili ortidan yugurib chiqqan va harakatlanayotgan Tracker avtomobili g‘ildiraklari ostida qolib ketgani aks etgan.

Hodisa oqibatida bola olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Mahalliy aholi ushbu hududda maxsus bolalar maydonchasi yo‘qligi sabab bolalar ko‘pincha ko‘chada o‘ynashga majbur bo‘layotganini aytgan. Shuningdek, guvohlar va marhumning yaqinlari haydovchi hodisa vaqtida ehtiyot choralariga rioya qilmaganini ta’kidlagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Treker ostida qolgan 6 yoshli bola halok bo'ldi - Darakchi.uz