AsosiyDUNYO

FIFA Venesueladagi zilziladan jabrlanganlarga 1 million dollar ajratadi

"Futbol inqirozli vaziyatlarda odamlarni birlashtirib, umid bag'ishlaydi", deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.

'FIFA Venesueladagi zilziladan jabrlanganlarga 1 million dollar ajratadi'ning rasmi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Venesuelada sodir bo'lgan kuchli zilzila oqibatida jabrlangan aholiga yordam ko'rsatish uchun 1 million dollar mablag' ajratadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma'lum qildi.

24 iyun kuni mamlakatda 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo'lgan edi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, tabiiy ofat oqibatida 3 ming 889 kishi halok bo'lgan, 16 ming 740 nafar aholi jarohat olgan.

FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu og'ir vaziyatda Venesuela xalqi jahon futbol hamjamiyatining qo'llab-quvvatloviga ishonishi mumkinligini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, ajratilgan mablag' gumanitar tashkilotlar va mahalliy hamkorlarga jabrlanganlarga tezkor yordam ko'rsatish ishlarida yo'naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar

    FIFA Venesueladagi zilziladan jabrlanganlarga 1 million dollar ajratadi - Darakchi.uz