2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 447 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu hodisalarning 21 tasi guruhiy, 311 tasi og‘ir oqibatli, 113 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.
Hodisalar oqibatida jami 494 nafar fuqaro jabrlangan. Ulardan 337 nafari og‘ir, 20 nafari yengil tan jarohati olgan bo‘lsa, 137 kishi halok bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil davomida mamlakatda mehnat bilan bog‘liq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Ularning 216 tasi o‘lim bilan, 583 tasi og‘ir oqibatlar bilan yakunlangan, 50 tasi esa guruhiy hodisalar bo‘lgan. O‘sha yili 961 nafar fuqaro jabrlangan va 248 kishi vafot etgan.
Shu tariqa, 2026 yilning dastlabki olti oyidagi baxtsiz hodisalar va o‘lim holatlari o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarning yarmidan oshgan.
Shuningdek, mehnatdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga bir martalik hamda oylik to‘lovlar uchun jami 10 milliard 376 million so‘m mablag‘ undirilgan.






