AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonda 41 ta xorijiy atamaning rasmiy o'zbekcha muqobili tasdiqlandi

Tasdiqlangan atamalar rasmiy muomalada qo‘llanishi belgilangan.

'O'zbekistonda 41 ta xorijiy atamaning rasmiy o'zbekcha muqobili tasdiqlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi o‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan 41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobilini tasdiqladi.

Jumladan, antrakt — tanaffus, banket — ziyofat, breket — tishsim, brend — xosnom, datchik — sezgich, dedlayn — so‘ngmuddat, dekoratsiya — sahnabezak, mikser — qorg‘ich, palatka — chodir, rakovina — chanoq, rasprodaja — arzonsotuv, suflyor — shivirchi, frilanser — erkin ishchi, emoji — hisbelgi, xeshteg — kalitso‘z, hostel — qo‘noquy deb belgilandi.

Qayd etilishicha, yangi atamalar davlat idoralari, rasmiy hujjatlar va ommaviy axborot vositalarida yagona terminologiyani ta’minlash maqsadida rasmiy muomalaga kiritiladi. 

Tasdiqlangan atamalar rasmiy muomalada qo‘llanishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar

    O'zbekistonda 41 ta xorijiy atamaning rasmiy o'zbekcha muqobili tasdiqlandi - Darakchi.uz