AsosiyJAMIYAT

Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.

'Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 12 iyul kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan "O'zbekiston" mehmonxonasida yong'in sodir bo'ldi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qilishicha, soat 14:45 da Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasida joylashgan mehmonxonaning 10-qavatida yong'in chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida yong'in-qutqaruv texnika va xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yo'l olgan. Ular manzilga soat 14:49 da etib borib, yong'inni bartaraf etish ishlarini boshlagan. Natijada yong'in soat 14:54 da to'liq o'chirilgan.

Qayd etilishicha, binoda o'rnatilgan yong'inga qarshi xavfsizlik tizimlari o'z vaqtida ishga tushgani sababli alanganing keng tarqalishiga yo'l qo'yilmagan va yong'in tezkorlik bilan bartaraf etilgan.

Tekshiruvlar davomida yong'in mehmonxonaning 10-qavatidagi xodimlar xonasida sodir bo'lgani va mazkur xonaga zarar yetgani aniqlangan.

Hodisa oqibatida fuqarolar orasida jabrlanganlar qayd etilmagan. Hozirda yong'in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o'rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi - Darakchi.uz