Rossiyaning Moskva viloyatiga amalga oshirgan hujumda 3 kishi halok bo'ldi, yana 5 kishi turli jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda "Kommersant" nashri.
Qayd etilishicha, viloyat gubernatori Andrey Vorobyovning ma'lum qilishicha, bir kecha davomida mintaqa osmonida 81 ta dron urib tushirilgan.
Vorobyovga ko'ra, Odintsovo, Naro-Fominsk, Ruza, Ramenskoye, Mojaysk, Volokolamsk, Chexov, Ozery, Istra, Podolsk, Stupino, Domodedovo, Solnechnogorsk va Kolomna hududlarida uchuvchisiz apparatlar yo'q qilingan.
Eng og'ir oqibatlar Istra shahriga qarashli Pionerskiy qishlog'ida kuzatilgan. Dron qulashi oqibatida 3 kishi halok bo'lgan, yana 3 kishi jarohatlangan. Hodisa ortidan 5 ta xususiy uyda yong'in yuzaga kelgan.
Shuningdek, Istradagi Babkino qishlog'ida 2 ta xususiy uy zarar ko'rgan. Solnechnogorsk shahrida esa dron ko'p qavatli turar joy binosiga urilgan. Oqibatda 2 kishi jarohat olgan, binoning devorlari va derazalariga shikast yetgan.
Mojaysk shahridagi yana bir ko'p qavatli uy ham zarar ko'rgan. Hodisa yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






