AsosiyDUNYO

AQSh Erondagi o'nlab harbiy nishonlarga zarba berdi

Tehron javob qaytarganini bildirdi.

'AQSh Erondagi o'nlab harbiy nishonlarga zarba berdi'ning rasmi

AQSh harbiylari Eron hududidagi havo mudofaa tizimlari, radiolokatsiya stansiyalari, raketa va dron obyektlari, shuningdek, kichik harbiy kemalar joylashgan o'nlab nishonlarga zarba berganini ma'lum qildi.

Eron ommaviy axborot vositalariga ko'ra, Bandar Abbas, Qeshm oroli, Sirik, Jask va Xuziston viloyatining ayrim hududlarida kuchli portlashlar sodir bo'lgan.

Xabar qilinishicha, Mahshahr shahridagi suv nasos stansiyasiga berilgan zarba oqibatida bir kishi halok bo'lgan, yana to'rt kishi jarohat olgan.

Eron esa javob tariqasida Iordaniya, Bahrayn va Quvaytda joylashgan AQSh bilan bog'liq harbiy obyektlarga raketa hamda dronlar yordamida hujum uyushtirganini ma'lum qildi.

Iordaniya rasmiylari mamlakat osmonida uchayotgan to'rtta raketa havo mudofaa tizimlari tomonidan yo'q qilinganini bildirgan. Quvayt esa o'z havo mudofaa kuchlari dushmanning havodagi nishonlariga qarshi harakat qilganini ma'lum qildi.

Yaqin Sharqdagi keskinlik ortidan jahon neft bozorida ham narxlar o'sdi. Xususan, Brent rusumidagi neft narxi bir barrel uchun 79 dollardan oshdi.

    Boshqa yangiliklar

    AQSh Erondagi o'nlab harbiy nishonlarga zarba berdi - Darakchi.uz