AsosiyJAMIYAT

O'zbekiston IPhO–2026 da 4 ta medalni qo'lga kiritdi

Mamlakat sharafini himoya qilgan yosh fiziklar ilk bor 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

'O'zbekiston IPhO–2026 da 4 ta medalni qo'lga kiritdi'ning rasmi

Kolumbiyada o'tgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) O'zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi.

Mamlakat sharafini himoya qilgan yosh fiziklar ilk bor 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo'lga kiritdi.

Kumush medallar Asilbek Jumanazarov (“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM) va Muhammad Abdumalikovga (Mirzo Ulug'bek nomidagi IM), bronza medallar esa Elbek Uroqov (“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM) hamda Hasan Kamolovga (Qo'qon shahar 1-sonli IM) nasib etdi. Javohir Aknazarov faxriy e'tirof (Honorable Mention) bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi IPhO tarixidagi eng yuqori natijasini qayd etdi.

Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPHO) — bu nafaqat murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish, balki xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashish imkoniyatidir.

    Boshqa yangiliklar