Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva milliy terma jamoa futbolchilarini 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng mamlakatga qaytmagani uchun tanqid qildi. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Braziliya terma jamoasi joriy yilning 6 iyul kuni Jahon chempionati 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQShdan Braziliyaga qaytgan maxsus reysda murabbiylar shtabi va jamoa xodimlaridan tashqari faqat himoyachi Danilo bo‘lgan. Qolgan futbolchilar esa AQShdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa davlatlarga ta’tilga jo‘nab ketgan.
Bu holatga munosabat bildirgan Prezident Luis Inasiu Lula da Silva futbolchilarning qarorini qattiq tanqid qilgan.
"Milliy terma jamoa samolyotida deyarli hech kim yo‘q edi. Bu qanday sharmandalik, qanday uyat", degan Braziliya rahbari.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi besh karra Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi. Shu bilan birga, jamoa so‘nggi 36 yil ichida ilk bor mundialda chorak finalga chiqa olmay musobaqani erta tark etdi.






