Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Fransiya ustidan g‘alaba qozonib, finalga chiqqan Ispaniya terma jamoasini tabrikladi.
Bugun, 15 iyul kuni AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan mundialning yarim finalida Ispaniya Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Texas shtatining Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Makron ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.
“Ispaniyani finalga chiqqanligi bilan tabriklayman. Mamlakatimiz sharafini fidokorona himoya qilgan Fransiya terma jamoasiga rahmat. Bugungi mag‘lubiyat og‘ir, ammo bu jamoa yosh va uning kelajagi buyuk”, deb yozdi Fransiya Prezidenti.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 19 iyul kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi Angliya hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final bahsida aniqlanadi. Ushbu uchrashuv bugun, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.






