2026 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda 6 million 565 ming 410 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 million nafarga yoki 24,9 foizga oshgan.
Hisobotga koʻra, Oʻzbekistonga eng koʻp turist Qirgʻiz Respublikasidan kelgan boʻlib, ularning soni 1 million 875 ming 332 nafarni tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston — 1 million 553 ming 688 nafar, Tojikiston — 1 million 471 ming 670 nafar va Rossiya — 585 ming 558 nafar bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Afgʻonistondan 238 ming 925 nafar, Xitoydan 223 ming 479 nafar, Turkmanistondan 164 ming 211 nafar, Turkiyadan 95 ming 466 nafar, Hindistondan 26 ming 450 nafar hamda Germaniyadan 22 ming 294 nafar sayyoh Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.






