AsosiyDUNYO

Tramp Eronga keskin tahdid qildi

“Kelasi hafta ular uchun juda og‘ir bo‘ladi. Agar muzokara qilmasa, barcha elektr stansiyalarini ishdan chiqaramiz va ko‘priklarini vayron qilamiz”, — dedi Tramp.

'Tramp Eronga keskin tahdid qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron muzokaralarga qaytmasa, kelasi hafta mamlakatning ko‘priklari va elektrostansiyalariga zarba berilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Trampning aytishicha, AQSh Eronga muzokara stoliga qaytish bo‘yicha qat’iy talab qo‘ygan.

“Kelasi hafta ular uchun juda og‘ir bo‘ladi. Agar muzokara qilmasa, barcha elektrostansiyalarini ishdan chiqaramiz va ko‘priklarini vayron qilamiz”, — dedi u.

Ma’lum qilinishicha, bu bayonot AQSh va Eron o‘rtasida ketma-ket to‘rtinchi kun davom etayotgan harbiy keskinlik fonida yangradi.

Shuningdek, Tramp avval Hormuz bo‘g‘ozi orqali amalga oshiriladigan yuk tashishlarga 20 foizlik to‘lov joriy etish tahdididan voz kechganini, biroq Eron portlariga bosim saqlanib qolayotganini aytdi.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Volker Tyurk esa avvalroq fuqarolik infratuzilmasiga qasddan hujum qilish xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra urush jinoyati hisoblanishini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi harbiy imkoniyatlarini cheklash maqsadida qo‘shimcha zarbalar boshlanganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) Fors ko‘rfazidagi ikkita tankerga berilgan zarbalarni tasdiqlab, ular ogohlantirishlarga amal qilmaganini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar