AsosiyJAMIYAT

Namanganda Sirdaryoda cho‘milgan 27 yoshli yigit halok bo‘ldi

Qayd etilishicha, qidiruv ishlari davomida yigitning jasadi topilgan.

'Namanganda Sirdaryoda cho‘milgan 27 yoshli yigit halok bo‘ldi'ning rasmi

Namangan viloyatida Sirdaryo daryosida cho‘milayotgan 27 yoshli yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Namangan tumanidagi “Oq yer” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida sodir bo‘lgan. Marhum 1999 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u cho‘milish vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida suvga cho‘kib ketgan. Hodisa haqida 12 iyul kuni soat 18:26 da 112 yagona dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan suv ostida, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan esa suv yuzasida qidiruv ishlari boshlangan.

Qayd etilishicha, qidiruv ishlari davomida yigitning jasadi topilgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati fuqarolarni faqat ruxsat etilgan va xavfsiz deb belgilangan joylarda cho‘milishga, suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar