AsosiyJAMIYAT

Pasport yoki ID-kartasini yo‘qotganlar endi jarimaga tortilmasligi mumkin

Amaldagi tartibga ko‘ra, ID-karta yoki xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, shuningdek, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun BHMning yarim baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi.

'Pasport yoki ID-kartasini yo‘qotganlar endi jarimaga tortilmasligi mumkin'ning rasmi

O'zbekistonda pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportini yo'qotganlik uchun ma'muriy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 15 iyulda qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan.

"Aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorga ko'ra, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi 2026 yil oktyabriga qadar tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.

Hujjatga muvofiq, pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasporti yo'qotilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan taqdirda fuqaroni ma'muriy javobgarlikka tortmasdan, qo'shimcha davlat boji to'lash orqali yangi hujjat rasmiylashtirish mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda. Buning uchun tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi.

Amaldagi tartibga ko'ra, ID-karta yoki xorijga chiqish biometrik pasportini yo'qotganlik, shuningdek, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun BHMning yarim baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima qo'llaniladi.

    Boshqa yangiliklar

    Pasport yoki ID-kartasini yo‘qotganlar endi jarimaga tortilmasligi mumkin - Darakchi.uz