AsosiyJAMIYAT

Toshkentda Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi yana 16 kunga yopiladi

Bildirilishicha, cheklovlar ko‘chani to‘liq rekonstruksiya qilish, harakat xavfsizligini oshirish hamda haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun zamonaviy yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsadida joriy etilmoqda.

'Toshkentda Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi yana 16 kunga yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi qurilish-ta’mirlash ishlarining navbatdagi bosqichi munosabati bilan 16 kunga transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq Mustaqillik shoh ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishida olib borilgan ta’mirlash ishlari yakunlangan va mazkur qatnov qismi 16 iyul kuni soat 02:00 dan boshlab barcha turdagi transport vositalari harakati uchun ochiladi.

Shu bilan birga, ko‘chaning qarama-qarshi yo‘nalishida rekonstruksiya ishlari boshlanishi munosabati bilan 16 iyul kuni soat 01:00 dan 31 iyul kuni soat 22:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasining Parkent ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Bildirilishicha, cheklovlar ko‘chani to‘liq rekonstruksiya qilish, harakat xavfsizligini oshirish hamda haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun zamonaviy yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsadida joriy etilmoqda.

Shu munosabat bilan haydovchilarga harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkentda Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi yana 16 kunga yopiladi - Darakchi.uz