AsosiyJAMIYAT

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Alisher Usmonov haydaldi

Mazkur lavozimga 2020 yil dekabr oyidan beri rahbarlik qilib kelayotgan edi.

'Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Alisher Usmonov haydaldi'ning rasmi

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati (PDXX) rahbari Alisher Usmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov bu haqda o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Alisher Usmonov mazkur lavozimga 2020 yil dekabr oyida tayinlangan bo‘lib, shundan buyon Prezident Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

U Prezident Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar etib tayinlanishidan avval huquqni muhofaza qiluvchi va xavfsizlik organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tizimida ham mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. Xususan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Alisher Usmonov davlat xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash sohasidagi xizmatlari uchun 2007 yilda II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar